Biz farzandingizni eng oson moslashuvi uchun maqbul sharoitlarni yaratdik. Birinchi kunlarda tashrif jadvali har bir bola uchun alohida tanlanadi. Agar bola to‘satdan yig‘lasa, unda mutaxassislarimiz uni tinchlantirishadi, chalg'itishadi va onasidan ajralish imkon qadar oson bo'lishi uchun qo'llarida ko’tarishadi.
Tashrifning ilk kunlarida bolaning ruhiyatini ortiqcha mashg'ulotlar bilan qiyinamaymiz, chunki bola uchun bu juda qiyin. Bola asta-sekin rejimga (tartibga) o'rganib qoladi.
Interyerning sokin pastel ranglari va markaz ichidagi ijobiy muhit bolaning tez moslashishiga yordam beradi.
Shuningdek, moslashish paytida ota-onalar va bolalar bilan psixolog ishlaydi.